Karyera

Ta’lim Media Group bilan kelajakni yarating

Kadrlar malakasini oshirish
Kadrlar malakasini oshirish - bilimland
Kadrlar malakasini oshirish - bilimland
Kadrlar malakasini oshirish - bilimland

Kompaniya kadrlarini tayyorlash va rivojlantirish sohasidagi asosiy maqsad zamonaviy talablar va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda menejerlar va mutaxassislarning talab qilinadigan malakasini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashdir. Yuqoridagi maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilmoqda:

  • • xodimlarni rivojlantirish;
  • • xodimlarni moslashtirish;
  • • xodimlarni rag‘batlantirish;
  • • ishlashni boshqarish.

Kompaniyani yanada samarali ishlashi uchun menejerlar xodimlarning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishadi. Qo‘shimcha ta‘lim har qanday mutaxassis uchun juda muhimdir: ko‘proq bilim va ko‘nikmalar - martaba o‘sishi uchun ko‘proq imkoniyatlar.

Bo‘sh ish o‘rinlari
  • Video-animator

    “TA’LIM MEDIA GROUP” MChJ – O‘zbekiston Respublikasi uchun yangi elektron ta’lim bozorini yaratuvchi innovatsion kompaniya. Biz ta’lim mazmunini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va xizmatlarni ishlab chiqish, mahalliylashtirish va tarqatish bilan shug‘ullanamiz.

    Vazifalar:
    Texnik va dizayn qobiliyatlaringiz tufayli har kuni personajlar yarating, ijodingizga raqamli hayot kiriting.

    Majburiyatlar:
    ● tegishli animatsiya sahnalarini ishlab chiqish uchun kadrlar ketma-ketligining tartibini belgilash;
    ● dasturlardan foydalangan holda animatsion personajlar, sahnalar va grafiklarni yaratish;
    ● aniq tasvirlarni yaratish uchun ranglar, yoritish, soyalar va teksturalarni sozlash.
    Talablar:
    ● kamida 1 yillik ish tajribasi;
    ● Adobe After Effects, Adobe Premiere Pro dasturlarida erkin ishlay olish (Adobe Illustrator, Adobe Photoshopda ham ishlash qobiliyati ustunlik beradi);
    ● o‘zbek va rus tillarida to‘g‘ri yoza olish va erkin muloqot qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 
    ● o‘z ishiga mas’uliyat, qat’iylik bilan yondoshish;
    ● yuksak ijodiy qobiliyatga egalik va o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lish;
    ● atrofdagilar bilan quvnoq va ijodiy munosabatda bo‘lish.

    Biz nimalarni taklif qila olamiz:
    ● 5 kunlik ish haftasi (09:00 dan 18:00 gacha);
    ● do‘stona, quvnoq va faol jamoa (ishdan keyingi counter-strike o‘yinlari, futbol, voleybol kunlari);
    ● ta‘lim sohasidagi yangi loyihaning yaratuvchilaridan biri bo‘lish imkoniyati;
    ● ofisdagi qaynoq qahva, choy va mazali shirinliklar;
    ● kompaniyada yuqori marralar va professional tarzda o‘sish imkoniyatlari;
    ● ish haqi suhbat natijasiga ko‘ra belgilanadi.


    Manzilimiz: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 9-uy.
     

  • Rassom illyustrator

    “TA’LIM MEDIA GROUP” MChJ – O‘zbekiston Respublikasi uchun yangi elektron ta’lim bozorini tashkil etuvchi innovatsion kompaniya. Biz ta’lim mazmunini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va xizmatlarni ishlab chiqish, mahalliylashtirish va tarqatish bilan shug‘ullanamiz.

    Vazifalar:
    Mutaxassislik bo‘yicha elektron dars tayyorlashning to‘liq bosqichini amalga oshirish.

    Majburiyatlar:
    ● illyustratsiyalar, kollajlar yaratish;
    ● rasmlar va fotosuratlarni qayta ishlash va retush qilish, ranglarni tuzatish;
    ● vektorli va rastrli tasvirlar bilan ishlash;
    ● animatsiyalar yaratish uchun kadrlar ketma-ketligi shablonidan foydalanish.

    Talablar:
    ● ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta-maxsus ma’lumotiga ega bo‘lish;
    ● o‘zbek va rus tillarida matnlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
    ● atrofdagilar bilan quvnoq va ijodiy munosabatda bo‘lish;
    ● Microsoft Office dasturlarida erkin ishlay olish.
    ● Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Adobe InDesign, Flash, CorelDraw, Adobe Flash kabi foto tasvirlarni tahrirlash, veb-saytni dizayni va shuningdek, boshqa dasturlardan mukammal va ijodiy foydalanish.

    Biz nimani taklif qila olamiz:
    ● 5 kunlik ish haftasi (09:00 dan 18:00 gacha);
    ● do‘stona, quvnoq va faol jamoa (ishdan keyingi counter-strike o‘yinlari, futbol, voleybol kunlari);
    ● ta‘lim sohasidagi yangi loyihaning yaratuvchilaridan biri bo‘lish imkoniyati;
    ● ofisdagi qaynoq qahva, choy va mazali shirinliklar;
    ● kompaniyada yuqori marralar va professional tarzda o‘sish imkoniyatlari;
    ● ish haqi suhbat natijasiga ko‘ra belgilanadi.


    Manzilimiz: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 9-uy.
     

  • Loyiha menejeri

    “TA’LIM MEDIA GROUP” MChJ – O‘zbekiston Respublikasi uchun yangi elektron ta’lim bozorini tashkil etuvchi innovatsion kompaniya. Biz ta’lim mazmunini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va xizmatlarni ishlab chiqish, mahalliylashtirish va tarqatish bilan shug‘ullanamiz.
    Kimyo, biologiya, fizika, rus tili, ona tili (ona tili va adabiyot), matematika fanlari bo‘yicha loyiha menejeri.


    Vazifalar:
    Mutaxassislik fani bo‘yicha elektron dars tayyorlashning to‘liq bosqichini amalga oshirish.

    Majburiyatlar: 
    ● darsni davlat ta’lim standartlari talablari asosida tayyorlash;
    ● loyihaning kirish qismini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish (darsning qisqacha mazmunini o‘qituvchidan qabul qilish, dars mazmunini tekshirish, tahririyatga topshirish);
    ● loyihada ishtirok etish uchun o‘qituvchilarni izlash, o‘qituvchilar bilan shartnoma tuzish, dars rejasi uchun talablarini ishlab chiqish;
    ● o‘qituvchi va o‘quvchi uchun interfaol darsdan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
    ● dars jarayonida interfaol resurslardan foydalanish usullari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun o‘quv seminarlari, treninglar tashkil etish va o‘tkazish.


    Talablar:
    ● ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotga egalik;
    ● o‘zbek va rus tillarida matnlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
    ● atrofdagilar bilan quvnoq va ijodiy munosabatda bo‘lish;
    ● Microsoft Office dasturlarida erkin ishlay olish.


    Biz nimani taklif qila olamiz:
    ● 5 kunlik ish haftasi (09:00 dan 18:00 gacha);
    ● do‘stona, quvnoq va faol jamoa (ishdan keyingi counter-strike o‘yinlari, futbol, voleybol kunlari);
    ● ta‘lim sohasidagi yangi loyihaning yaratuvchilaridan biri bo‘lish imkoniyati;
    ● ofisdagi qaynoq qahva, choy va mazali shirinliklar;
    ● kompaniyada yuqori marralar va professional tarzda o‘sish imkoniyatlari;
    ● ish haqi suhbat natijasiga ko‘ra belgilanadi.


    Manzilimiz: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 9-uy.

Yangilangan: 23.01.2023
Bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: +998 91 010 08 18