Biz haqimizda

TA’LIM MEDIA GROUP

TA’LIM ekotizimiga xush kelibsiz!

Sifatli ta’lim – nafaqat ishimizga ma’no beruvchi tushunchaning kaliti, balki hayotimizga mazmun bag‘ishlaydigan qadriyat. “Bilimdan ortiq boylik, jaholatdan ortiq qashshoqlik yo‘q”. Ushbu fikr ming yillar davomida aytib kelinadi. Ammo hozirda ushbu haqiqat har qachongidan ham muhimroq. Biz shunday davrda yashayapmizki, har bir insonning muvaffaqiyati, qolaversa, mamlakat rivoji butunlay ta’lim sifatiga bog‘liq.

Shuning uchun ham biz “TA’LIM” milliy platformamizni yaratdik. Unda 2019-yildan boshlab maktab va qo‘shimcha ta’lim doirasida barcha yoshdagi bolalar uchun turli xil onlayn ta’lim resurslari ishlab chiqilgan. Ushbu ekotizimning asosini qiziqarli videolar va eslatmalar, simulyatorlar, shuningdek, turli xil murakkablikdagi interfaol vazifalar formatidagi raqamli darslar kutubxonasi tashkil etadi.
Kontent sifati biz uchun juda muhim, shu sababli ham yuksak bilimni qadrlovchi va texnologiyaning yuqori imkoniyatlarini oldindan ko‘ra olgan professionallar jamoasini to‘pladik. Ular orasida zamonaviy ta’limning so‘nggi yangiliklaridan yaxshi xabardor bo‘lgan tajribali o‘qituvchi va metodistlar bilan bir qatorda iqtidorli animatorlar, dizaynerlar, muharrirlar va dasturchilar ham bor. Ta‘kidlash lozimki, biz doimo zamon bilan hamnafasmiz, shuning uchun sifatli darslarni yaratish va tarqatishda eng yangi texnologiyalardan foydalanish biz uchun juda muhim. Professionallik va zamonaviy texnologiyalar raqamli kontentimiz muvaffaqiyatini ta’minlovchi mukammal tandemdir.


Missiya

Ta’lim Media Group – O‘zbekiston uchun yangi elektron ta’lim bozorini (E-learning) tashkil etuvchi innovatsion kompaniya. Biz ta’lim mazmunini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va xizmatlarni ishlab chiqish, lokalizatsiya qilish va tarqatish bilan shug‘ullanamiz. Mijozlarimiz orasida davlat tashkilotlari, yirik IT-kompaniyalar, media tuzilmalar va mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalari mavjud. Lekin eng muhimi, biz O‘QITUVCHILAR, O‘QUVCHILAR va ularning OTA-ONALARI e’tiborini qadrlaymiz. Biz Siz uchun mehnat qilamiz!

Qadriyatlar

Ta’lim juda ko‘p turli darajalar va faoliyatni qamrab olgan murakkab hamda uzluksiz jarayondir. Bu, shuningdek, individual jarayon – uning har bir ishtirokchisining idroki ham, harakatlari ham o‘ziga xos. Texnologiyaning jadal rivojlanishi ta’lim jarayonini yanada murakkablashtirganini ko‘p eshitamiz. Ko‘plab yangi tushunchalar, yo‘nalishlar, texnik vositalar va texnologik hodisalar paydo bo‘ldi. Bu jadal o‘zgarishlar hatto professionallar uchun ham qiyinchilik tug‘diradi. Lekin biz chin dildan ishonamizki, mazkur texnologik o‘zgarishlar ham yangi imkoniyatlar yaratadi, buning natijasida SIFATLI TA’LIM –BARCHA UCHUN!